Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yangi savdo imtiyozlarini kutmoqda
Foto: Reuters
O‘zbekiston tomonidan ko‘plab tovarlarni boj to‘lovisiz import qilish imkoniyatini qo‘lga kiritilishi, Yevropa Ittifoqi bilan savdo shartlarini yaxshilash bo‘yicha qadamlardan biri bo‘lishi mumkin, deya hisoblaydi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.
«Yevropa Ittifoqi bilan savdo shartlarini yaxshilash bo‘yicha qadamlardan biriga, O‘zbekiston tomonidan Umumiy imtiyozlar plyus tizimi doirasida Yevropa Ittifoqining bir tomonlama tarif imtiyozlarini olishi aylanishi mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekistonda Umumiy bazaviy imtiyozlar tizimidan foydalanadi. Unga ko‘ra, mamlakat Yevropa Ittifoqiga 3000 dan ortiq tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz va 3 200 tovarlarni pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilishi mumkin. Umumiy imtiyozlar plyus tizimi doirasida tarif imtiyozlari berilgan taqdirda, O‘zbekiston 6200 dan ortiq tovar pozitsiyasiga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ladi», - deya qayd etdi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.
Kuni kecha vazirlikda Yevropa Ittifoqining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Kengashi ishchi guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaxshi muvofiqlashtirilgan logistika tizimi savdo munosabatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xo‘jayev uni yaxshilash uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini TRASeKA transport yo‘lagini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha ishni davom ettirish va bu yo‘lak texnologik kamchiliklarini bartaraf etishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston, shuningdek, 6-8 iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi hamkorlik qo‘mitasi va Iqtisodiyot, savdo va sarmoya bo‘yicha quyi qo‘mita navbatdagi uchrashuvlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston tomonining ishonch bildirishicha, kelgusidagi tadbirlar doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev o‘zbekistonlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirishda hamon cheklovlarga duch kelayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
22:45 / 06.01.2026
«Grenlandiya uning xalqiga tegishli» – Yevropa Ittifoqi yetakchilari Daniyani qo‘llab-quvvatladi
09:42 / 05.01.2026
YeI Venesuela suvereniteti va uning xalqini hurmat qilishga chaqirdi
20:55 / 31.12.2025