Jahon | 10:07 / 25.05.2018
8582
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kelasi hafta boshida KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy etmoqchi

Foto: Twitter

AQSh hukumati KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, ular haqida kelasi hafta boshida e'lon qilinishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal Amerika ma'muriyatidagi manbaga asosan xabar bergan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, yangi sanksiyalar milliy xavfsizlik kengashining payshanba, 24 may kungi yig‘ilishida muhokama qilingan. Manba so‘zlariga qaraganda, Qo‘shma Shtatlar hukumati «o‘nlab yangi sanksiyalar» joriy etish ehtimolini o‘rganib chiqyapti.

Ta'kidlanishicha, yig‘ilishda harbiy aralashuv imkoniyati ham muhokama etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR hamon AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori ekani va Amerika rasmiylari bilan uchrashuvni istalgan vaqtda hamda istalgan shaklda o‘tkazishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid