Tojikiston aholisi soni 9 mln kishiga yetdi
Tojikiston aholisi soni 9 mln kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat Statistika bo‘yicha agentligiga tayangan holda.
«To‘qqiz millioninchi fuqaro kecha Dushanbedagi tug‘uruqxonalardan birida dunyoga keldi. Shahar ma'muriyati vakillari tez oradagi chaqaloqning ismi va tug‘uruqxona sonini aytishga va'da berishgan», - deya ma'lum qilishgan agentlikda.
Rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi soni har yili 2,2 foizga yoki 200 ming kishiga o‘smoqda.
Ta'kidlanishicha, tug‘ilish miqdori yuqori bo‘lgani tufayli mamlakat dunyoda populyatsiya bo‘yicha eng yoshlaridan biriga aylandi. Tojikiston aholisining uchdan biri qismi - bu bir yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda 9 millioninchi fuqaro yaqin kunlarda tug‘ilishi kutilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:23
Tojikiston Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yiniga rad javob berdi. Turkmaniston, Suriya va Pokiston bilan muzokara davom etmoqda
21:22 / 04.10.2024
Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
18:54 / 28.09.2024