Tojikistonda töqqiz millioninçi fuqaro yaqin kunlar içida tuğilişi kutilmoqda. 2018 yil 1 yanvar holatiga köra, Tojikiston aholisi soni 8 mln 931 ming kişini taşkil etdi, birinçi çorak yakunlari böyiça esa bu körsatkiç 8 mln 973 mingga yetgan.
Mamlakat aholisining yillik örtaça ösişi 1998 yildan beri 2 foizni taşkil etayotgani hisobga olinsa, töqqiz millioninçi fuqaro may oxirida tuğilişini taxmin qiliş mumkin.
Aprelda, statistika agentligi ma'lumotlariga köra, Tojikistonda 20 ming çaqaloq dunyoga kelgan.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, töqqiz millioninçi fuqaroning tuğilişiga sanoqli kunlar qoldi.
Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi va TR prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bu vaziyatni kuzatib bormoqda.
Hozirça çaqaloqning ota-onasiga qanday sovğa berilişi noma'lum.
Tojikistonda 7 millioninçi fuqaro 2006 yilning 13 avgustida tuğilgan bölsa, sakkiz millioninçi fuqaro 2013 yilda tavallud topgan.












