Tojikiston aholisi soni 9 mln kişiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mamlakat Statistika böyiça agentligiga tayangan holda.
«Töqqiz millioninçi fuqaro keça Duşanbedagi tuğuruqxonalardan birida dunyoga keldi. Şahar ma'muriyati vakillari tez oradagi çaqaloqning ismi va tuğuruqxona sonini aytişga va'da berişgan», - deya ma'lum qilişgan agentlikda.
Rasmiy ma'lumotlariga köra, mamlakat aholisi soni har yili 2,2 foizga yoki 200 ming kişiga ösmoqda.
Ta'kidlanişiça, tuğiliş miqdori yuqori bölgani tufayli mamlakat dunyoda populyatsiya böyiça eng yoşlaridan biriga aylandi. Tojikiston aholisining uçdan biri qismi - bu bir yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonda 9 millioninçi fuqaro yaqin kunlarda tuğilişi kutilayotgani xabar berilgandi.












