Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi muz saroyi shu yil foydalanishga topshiriladi
Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi 9 gektar maydonda qurilayotgan ko‘p tarmoqli «Humo Arena» muz saroyi shu yilning ilk qish kunlarida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Wind Rose MJCh buyurtmasi asosida ish olib borayotgan bosh pudratchi Singapur davlatining Enter Engineering Pte. Ltd. vakillari ishni shu yil yakuniga qadar tamomlaydi.
Muz saroyi qurilish loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim Achitects & Planners tomonidan tayyorlangan. Unga ko‘ra, asosiy muz maydonida 12500 nafar tomoshabinga moslashtirilgan o‘rindiqlar, qo‘shimcha maydonda esa 300 kishilik o‘rindiq bo‘lishi kutilmoqda.
Saroy atrofida 2000ta mashinani qo‘yish uchun avtoturargoh tashkil etiladi.



Mavzuga oid
15:39 / 27.11.2023
Toshkentdagi konsert vaqtida ro‘y bergan tiqilinchda qurbonlar bo‘lgani rad etildi
09:02 / 26.11.2023
Video: Toshkentda Jah Khalib konserti kuni tartibsizlik yuzaga keldi
12:38 / 06.12.2021
Xorijiy tiktokerlarning Humo Arena’da rejalashtirilgan konserti o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
12:20 / 14.04.2020