25 noyabr kuni Toşkentdagi “Humo” arenasida xonanda Jah Khalib'ning konsertiga kirişda tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tartibsizlik oqibatida piçoqbozlik va ölim röy bergani haqida internetda tarqalgan miş-mişlarni rad etdi.
Ma’lum qilinişiça, holat Milliy gvardiya va Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, oğir oqibatlar sodir bölişining oldi olingan.
“Ayrim ijtimoiy tarmoq faollari uşbu tartibsizlik jarayonida göyoki bir neçta fuqarolar jarohat olgani va vafot etganligi haqida asoslanmagan va tekşirilmagan xabarlarni tarqatmoqda. Ötkazilgan tekşiruv jarayonida uşbu holatda birorta fuqaro jarohat olganligi va vafot etganligi haqida xabar kelib tuşmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini sörab qolamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.
IIBBga köra, bu konsertga kiriş uçun fuqarolarga soxta çiptalar sotilgani holati yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Konsertga çipta sotişga mas’ul bölgan iticket.uz kompaniyasi ham holat böyiça izoh berdi. Kompaniyaning Kun.uz'ga taqdim etgan rasmiy munosabatida aytilişiça, soxta çiptalar boşqa saytlardan xarid qilingan.
“Tomoşabinlarning fan zonasiga kirişini nazorat qiliş çoğida konsertga soxta çiptalarni iticket.uz rasmiy platformasi orqali emas, balki boşqa saytlardan xarid qilgan köplab odamlar tomonidan qözğatilgan nazoratsiz navbat paydo böldi. Yuzlab soxta çiptalar aniqlanib, vositaçilar va sotuvçilar tomonidan sotilgan. Şunday qilib, atigi bitta QR kod yordamida tadbirga kirişga 115 ta uriniş qilingan.
Dasturiy nazorat tizimi tufayli qalbaki çipta sotib olgan şaxslar tadbirga kira olmadilar. Biroq, ular yaratgan tartibsizliklar natijasida qöllarida haqiqiy çipta bölgan odamlar ham konsertga kela olmadilar.
Ayni paytda qalbaki çiptalar hamda ularni sotgan va sotib olgan şaxslar töğrisidagi töliq ma’lumotlar har bir yuzaga kelgan voqea uçun aybdor şaxslarni aniqlaş va javobgarlikka tortiş uçun IIBBga topşirildi.
Biz afsusdamiz va şuni ta’kidlab ötamizki, Jah Khalib konsertiga rasmiy manbadan yoki iticket.uz kassasidan çipta sotib olgan va tadbirda qatnaşa olmagan har bir mijozning tölovi qaytariladi”, – deyiladi iticket.uz bayonotida.












