Toşkentdagi Humo Arena saroyida 25 noyabr kuni maşhur xonanda Jah Khalib’ning konsert dasturi arafasida tartibsizlik yuzaga keldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videolarda Humo Arena saroyiga kiriş qismida tiqilinç yuzaga kelgani aks etgan. Odamlar çiptasi bölsa ham konsertga kira olmayotgani aytilgan.
Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi ma’lum qilişiça, konsert dasturi kuni u yerda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib çiqilib, yuz berişi mumkin bölgan salbiy holatlarning oldi olingan.
Holat yuzasidan suriştiruv va örganiş işlari olib borilmoqda. Tan jarohati olganlar yöq.












