«Ijtimoiy tarmoqlarda Humo muz saroyida xorijiy tiktokerlar iştirokida konsert bölib ötişi haqida xabarlar paydo böldi va jamoatçilikning keskin noroziligiga uçradi.

Mazkur vaziyat böyiça örganişlar olib bordik va konsert bekor qilinganini ma'lum qilamiz.

Humo Arena mas'ullarining ma'lumot berişiça, aynan şu kuni saroyda boşqa tadbir ötkaziladi», – deb yozdi u Telegram-kanalida.

Şuningdek, taşkilot matbuot kotibining Kun.uz muxbiri savoliga javoban qöşimça qilişiça, konsert dasturi qozoğistonlik tadbirkorlar taşabbusi va mablaği evaziga ötkazilişi kerak bölgan.

Eslatib ötamiz, 28 noyabr kuni ayrim yangiliklar saytida maşhur tiktokerlar iştirokida Toşkentdagi Humo muz saroyida festival ötkazilişi haqida reklama e'loni joylangandi.

Xabarda festival şu yilning 25 dekabr kuni bölib ötişi va unda Danya Miloxin, Artur Babiç, Yegor Ship, Anet Sai, Vanya Dmitriyenko va Anya Pokrov kabi tiktokerlar çiqiş qilişi ma'lum qilingan. Festivalga kiriş çiptasi narxlari esa 100 000 sömdan 750 000 sömgaça deya körsatilgan.

Xabar e'lon qilinarkan, u ommaviy muloqot tarmoqlarida keskin e'tirozli munosabatlarga sabab bölib kelayotgandi. Bunga tarmoq kuzatuvçilari festivalda iştiroki kutilayotgan ayrim tiktokerlarning özi yuritadigan sahifalarda milliy mentalitetga zid keluvçi jihatlarni tarğib qilişini körsatgan.