Jamiyat | 18:00 / 28.05.2018
10668
1 daqiqa o‘qiladi

Nurotada mudhish YTH, 2 kishi halok bo‘ldi

27 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

D.Q. o‘zining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinani “Nurota-Qizilcha” yo‘lining 65-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan O.M. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi D.Q. va uning yo‘lovchisi U.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda har yili o‘rtacha qancha YTH yuz berishi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid