Jahon | 08:11 / 29.05.2018
6003
1 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos shifoxonadan chiqdi

Foto: Reuters/Mohamad Torokman

Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonadan chiqarildi, deb xabar qilmoqda ABC.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, shifoxonadan chiqqan Abbos «yaxshi holatda va ovozi tetik chiqyapti».

«Men shifoxonadan chiqqanim uchun Yaratganga shukr qilmoqdaman. Men butunlay sog‘man va ertagayoq ish bilan shug‘ullanishni boshlash niyatidaman», - deya aytib o‘tdi u.

Abbos o‘pka yallig‘lanishi tufayli davolanishga yotqizildi, bu holat 83 yoshli prezidentda burundagi operatsiyadan so‘ng aniqlandi.

Uning shifoxonaga yotqizilishi jiddiy bahs-munozaralar keltirib chiqardi. Ba'zilarning fikricha, Falastin yetakchisida aniq bir voris yo‘q, shuningdek, Falastinda hokimiyatni ishonchli topshirish mexanizmlari ham yaratilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil falastinliklarga Ramazonda Al-Qudsga kirishni taqiqlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid