Isroil hukumati Ğazo sektorida istiqomat qiluvçilarga Ramazon oyida Al-Quds hududiga kirişni taqiqlab qöyiş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, bu Isroil hamda Ğazo sektori çegarasidagi keskin vaziyat bilan boğliq. Al-Quds hududiga joriy yilda faqat Ğarbiy qirğoqda yaşovçilar kiritiladi.

Ta'kidlanişiça, bu ma'lumotni Isroilning AQŞdagi elçixonasidan ham tasdiqlaşgan.

Şu bilan birga, Isroil odatda Ramazon oyida Ğazo sektorida yaşovçilarni Al-Qudsga ötkaziş tizimini soddalaştirib qöyardi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Al-Quds işlari böyiça vazir Falastin bilan nizo qanday şartda töxtaşini aytgandi.