Argentina - Haiti - 4:0. Messida het-trik
Argentina terma jamoasi jahon chempionati-2018 arafasida Haiti bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Buenos-Ayresdagi «Alberto Armando» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda Lionel Messi het-trik qayd etdi.
Forvard 17-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlarida Messi dubl qayd etdi. Argentinalik uchinchi golni Kristian Pavonning ajoyib to‘p uzatishidan so‘ng kiritdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib Messi Serxio Agueroga aniq to‘p uzatdi, u esa uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Argentina jahon birinchiligiga tayyorgarlik doirasida Isroil termasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
JCh-2018da argentinaliklar Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya bilan bir guruhda to‘p suradi.
Argentina — Haiti — 4:0
Gollar: 1:0 — Messi, 17 (penalti); 2:0 — Messi, 58; 3:0 — Messi, 66; 4:0 — Aguero, 69
Mavzuga oid
02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl
03:22 / 10.12.2022
JCh-2022. Argentina Niderlandiya bilan dramatik o‘yinda penaltilar seriyasi orqali yarimfinalga yo‘l oldi
02:17 / 04.12.2022
JCh-2022. Argentina Avstraliyani mag‘lub etib chorakfinalga yo‘l oldi, Messi yubiley o‘yinida gol urdi
02:24 / 01.12.2022