Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysunda YTH natijasida 2 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi
Illyustrativ foto/KNK Media
29 may kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Termiz shahrida yashovchi A.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini Boysun tumani “Mustaqillik” MFY hududida haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan A.Z. boshqaruvidagi “LABO” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “LABO” avtomashinasi haydovchisi A.Z. va uning yo‘lovchilari N.Z. ismli ayol hamda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 nafar voyaga yetmagan bola vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurotada mudhish YTH yuz bergani, 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 20.02.2026
Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026