27 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida ölim bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi röy berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

D.Q. özining boşqaruvidagi “Spark” rusumli avtomaşinani “Nurota-Qizilça” yölining 65-km.da haydab ketayotib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan O.M. boşqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Natijada “Spark” avtomaşinasi haydovçisi D.Q. va uning yölovçisi U.S. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda har yili örtaça qança YTH yuz berişi aytilgandi.