Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil HAMASning G‘azo sektoridagi obektlariga aviazarbalar berdi
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi taxminan 25ta obektga hujum qildi. Bu haqda Isroil harbiy-havo kuchlarining tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
«Isroil armiyasi jangovar samolyotlar, vertolyotlar va uchar qurilmalar yordamida HAMASning G‘azo sektoridagi obektlariga taxminan 25ta zarba berdi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, zarba falastinliklar tomonidan yangi hujumlarga javoban berilgan.
Halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi falastinliklar hujumi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026