Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQSh qiruvchi samolyotlarni yetkazib bermasa, nima qilishini aytdi
Foto: LANCE CPL. REMINGTON HALL/USMC
Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, mamlakat Rossiya qiruvchilarini xarid qilishi mumkin. Bu Amerika tomoni beshinchi avloddagi F-35 qiruvchi-bombardimonlarni yetkazib bermasa sodir bo‘ladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, AQSh samolyotlarini yetkazib bermaslik uchun sabablar yo‘q. Bundan tashqari, Turkiya Amerika tomoni bilan munosabatlarni yomonlashtirish niyatida emas. TIV rahbarining ta'kidlashicha, F-35 belgilangan muddatlarda yetkazib berilishi lozim.
«Muammolar yuzaga keladigan bo‘lsa, Turkiya muqobil variantsiz qolmaydi. Rossiyadan yoki NATO davlatlaridan biridan samolyotlarni xarid qilish mumkin», - deya aytib o‘tdi Chavusho‘g‘li.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh yetkazib berish bo‘yicha kelishuvdan chiqsa, Turkiya tegishli choralarni ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Turkiya elchisining ortga chaqirtirib olinganiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
02:19
Tramp Eronda demokratiya o‘rnatilishi uni qiziqtirmasligini aytdi
23:31 / 06.03.2026
AQSh va Isroil Eronni yiqita oladimi? Urush strategiyasi qay tomon o‘zgardi?
22:06 / 06.03.2026
Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bermoqda – OAV
20:55 / 06.03.2026