AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning fikriça, Qöşma Ştatlardan turk elçisini ortga çaqirtirib oliş mamlakatlar örtasidagi munosabatlarni kuçsizlantirmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Biz Turkiya öz elçisini ortga çaqirtirib olganidan xabardormiz. Turkiya bunday qilişga töla huquqi bor. Men bu holat bizning Turkiya hukumati bilan munosabatlarimizni kuçsizlantiradi, deb hisoblamayman. Ular NATO böyiça muhim hamkor bölib qoladi», - dedi Nauert.

Avvalroq, Turkiya hukumati AQŞ va Isroildan öz elçilarini ortga çaqirtirib olişga qaror qilgani xabar berilgandi. Bunday vaziyat Turkiyaning AQŞ elçixonasi Al-Qudsga köçirilganidan norozi ekani bilan boğliq. Diplomatik missiyaning köçirilişi tufayli Ğazo sektorida namoyişlar boşlandi, falastinliklarning Isroil armiyasi bilan töqnaşuvlari yuz berdi, önlab odamlar halok böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Falastin Yevropaning tört davlatidan elçilarini ortga çaqirtirib olayotgani xabar qilingandi.