Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qo‘shmachi ayollar faoliyatiga chek qo‘yildi
30 may kuni Andijon shahar IIBga hujjatlar kelib tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, ularda O‘sh shahrida yashovchi, Qirg‘iziston fuqarosi X.G. ismli 20 yoshli ayol va Andijon viloyatida yashovchi, O‘zbekiston fuqarosi N.N. ismli 38 yoshli ayol o‘zaro jinoiy til biriktirib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib, 2016 yil dekabrdan 2018 yil fevral oyiga qadar yosh ayollarni erkaklarga qo‘shganliklari va 2018 yil mart oyida bir nechta yosh qizlarni O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga olib o‘tib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026