00:33 / 01.06.2018
4893

Afrikaga boshqa qit'alardan 5,5 mln kishi ko‘chib o‘tgani ma'lum qilindi

Afrikaga dunyoning turli burchaklaridan 5,5 mln kishi migratsiya qilgan. Bundan BMTning savdo va rivojlanish anjumanining (UNCTAD) Afrikadagi migratsiya va uning iqtisodiy oqibatlari haqidagi dokladi darak bermoqda.

Doklad Addis-Abebeda jurnalistlarga taqdim qilingan. Hujjatda aytilishicha, Afrikaning bir davlatidan ikkinchisiga 19 mln kishi, Afrikadan boshqa qit'alardagi davlatlarga esa 17 mln kishi ko‘chib o‘tgani aytilgan.

1990 yildan 2010 yilgacha davr ichida Afrikaga kelgan muhojirlar soni uncha oshmagan bo‘lsa-da, biroq 2010 yildan keyin bu ko‘rsatkich 2 martaga oshgan va 2017 yil holatiga ko‘ra 5,5 mln kishiga yetgan.

Mavzuga oid
Top