Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh falastinliklarga yordam bo‘yicha rezolyutsiyaga veto qo‘yish bilan tahdid qildi
BMT Xavfsizlik kengashida falastinliklarga yordam taqdim etishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilmadi, bu AQSh veto qo‘yish haqida tahdid qilganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Ta'kidlanishicha, Kuvayt tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni 30 may kuni o‘tkazilishi lozim edi, biroq bu amalga oshmadi. Hujjatda zo‘ravonlik holati avj olib ketgani tufayli 100dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani bilan bog‘liq chuqur tashvish bildirilgan. Bundan tashqari, Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan «kuchning haddan tashqari qattiq qo‘llanilishi» qoralanadi.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni BMT XK doimiy a'zosi huquqidan foydalanmoqda va rezolyutsiyaga veto qo‘yadi, sababi rezolyutsiya loyihasi Yaqin Sharq mintaqasida tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa'y-harakatlarga zarar yetkazmoqda, uning ta'rifi esa «ruhan bankrot bo‘lgan bir tomonlama yondashuvdir».
Ta'kidlanishicha, veto qo‘yilishi ehtimoliga qaramay, ovoz berish jarayoni 5 iyun kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil falastinliklarga Ramazonda Al-Qudsga kirishni taqiqlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026