Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvoqqacha bo‘lgan masofa 22 kilometrga qisqaradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Ohangaron shossesi, Parkent va Temur Malik ko‘chalari poytaxtning eng serqatnov yo‘llaridan. Toshkent mexanika zavodi hududi orqali Maxtumquli ko‘chasi qurilgach, ushbu yo‘llar chorrahasida transportlar harakati yanada ortdi.
Haydovchilarga qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida bu yerda uch qavatli transport bog‘lamasi qurilishi rejalashtirilgan. Ohangaron shossesi va Parkent ko‘chasi yo‘nalishida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi ko‘zda tutilgan.
Bu transport bog‘lamasini qurishdan maqsad - Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Chirchiq shahri orqali o‘tadigan yo‘l bor. Dam olish mavsumida tirband bo‘lib ketadi. Bu yangi yo‘l kelgusida katta yuklamani o‘ziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishini ta'minlaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ko‘prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, barpo etiladigan yangi yo‘l Chorvoqqacha bo‘lgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.
Davlat rahbari Ohangaron shossesi bo‘ylab qurilayotgan yer usti halqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev yangi aeroport qurilishini borib ko‘rgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 26.04.2026
Energotariflar bo‘yicha mavhumlik va budjeti kesilgan futbol - hafta dayjesti
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
12:26 / 18.03.2026
Toshkent-Chorvoq pulli yo‘lini uch yilda qurish rejalashtirilyapti
20:23 / 19.01.2026