Sport | 22:05 / 02.06.2018
23627
1 daqiqa o‘qiladi
Joze Mourino jahon chempionati favoritlarini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jahon chempionatida g‘alaba qozonishi ehtimoli katta bo‘lgan terma jamoalarni nomladi.
«Messi va Ronaldu juda zo‘r futbolchilardir. Ular terma jamoasini ancha kuchaytirishga qodir. Menimcha, Argentina va Portugaliya musobaqada zafar quchishi mumkin.
Braziliya ham Tite qo‘l ostida juda yaxshi o‘ynamoqda. Himoya ham ancha kuchli. Bundan tashqari, ularda Braziliyaga xos tabiiy iqtidor bor.
Ispaniya saralashda zo‘r ishtirok etdi. Unda tajribali va sifatli futbolchilar to‘plangan. Ammo, jahon chempionatida syurprizlar ham yuz berib turadi» - deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda GQ.
Mavzuga oid
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022
«Qishdayoq barchasini taroziga qo‘yamiz». Eldorning agenti Mourinoning Shomurodovga ikki e’tirozi, Rimda nega qolgani va kelajagi haqida
21:57 / 22.08.2022