Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Xo‘jayev Bryusselda YeI bilan savdoda yangi imtiyozlarni muhokama qiladi
5-8 iyun kunlari tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiyada rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Delegatsiya u yerda Hamkorlik bo‘yicha qo‘mitaning 15-yig‘ilishida va O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mitasining 13-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yangi savdo imtiyozlarini kutmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan savdo shartlarini yaxshilash bo‘yicha qadamlardan biriga, O‘zbekiston tomonidan Umumiy imtiyozlar plyus tizimi doirasida Yevropa Ittifoqining bir tomonlama tarif imtiyozlarini olishi aylanishi mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekistonda Umumiy bazaviy imtiyozlar tizimidan foydalanadi. Unga ko‘ra, mamlakat Yevropa Ittifoqiga 3000 dan ortiq tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz va 3 200 tovarlarni pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilishi mumkin.
Delegatsiya tarkibiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va adliya vazirining o‘rinbosari A.Toshqulov kiradi.
Hamkorlik bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etishdan tashqari, delegatsiya a'zolari YeI mamlakatlarining ishbilarmon doiralari vakillari bilan ham uchrashadi. Tashrif kunlarida Sarmoyalar va savdo bo‘yicha Flandr agentligi, Yevropa Savdo-sanoat palatalari assotsiatsiyasi, Bryussel Savdo va sanoat korxonalari assotsiatsiyasi, Eksport va investitsiyalar bo‘yicha Valon agentligi, shuningdek, Yevropa parlamentining deputatlari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026