Jahon | 16:44 / 05.06.2018
11830
2 daqiqa o‘qiladi

Kadrlar yetishmovchiligi: «Aeroflot» harbiy uchuvchilarni ishga olmoqda

Foto: Denis Abramov / Vedomosti

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Mudofaa vazirligi va boshqa mahkamalar uchuvchilarini ishga qabul qilish haqida e'lon berdi. Ular avvaliga Airbus A320, Boeing 737 va Sukhoi Superjet-100 (SSJ-100) samolyotlarida qayta o‘qitiladi, bu aviakompaniya bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limidagi ma'lumotlarda aytilgan.

Bundan tashqari, «Aeroflot» Rossiyada ish tajribasiga ega bo‘lgan havo kemalari qo‘mondonlari va ikkinchi uchuvchilarni ishga olmoqda. Shuningdek, fuqarolik aviatsiyasida parvoz vaqti kamida 3 ming soat bo‘lgan xorijliklar ham taklif etiladi. Havo kemasi qo‘mondoni maoshi oyiga 650 ming rublgacha yetishi mumkin, deyiladi aviakompaniya saytida.

«Aeroflot» Rossiya aviakompaniyalari orasida uchuvchilar yetishmayotgani haqida birinchilardan bo‘lib rasman ma'lum qildi. Tashuvchi rahbari Vitaliy Savelev «uchuvchilar ommaviy ravishda Osiyo va Xitoyga ketayotgani, u yerda ish haqi bir yarim-ikki barobar ko‘p ekani» haqida gapirgandi.

«Aeroflotga» yangi uchuvchilar samolyot parki kengayishi sababli talab etilmoqda. Aviakompaniya joriy yilning yanvar - aprelida 11ta yangi avialaynerni foydalanishga topshirdi. 

Shuningdek, S7, «Rossiya», «Volga-Dnepr», «Pobeda», Utair, «Azimut», «Uralskiye avialinii» kabi aviakompaniyalar ham yangi uchuvchilarni ishga olish uchun e'lon bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid