Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bron qilish tizimida nosozlik yuz berdi
“Aeroflot” va boshqa Rossiya aviakompaniyalari aviasayyohatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bron qilishda ishlatiladigan Leonardo tizimida nosozlik chiqqanini ma’lum qildi. Aeroportlarda yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtincha cheklandi.
Rossiyada 26 yanvar, dushanba kuni Leonardo (“Sirena-Trevel”) bron qilish tizimida yirik ko‘lamli nosozlik yuz bergani xabar qilindi. Ushbu tizimdan Rossiyaning ko‘plab yirik aviakompaniyalari foydalanadi. “Aeroflot” yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek chiptalarni rasmiylashtirish “vaqtincha cheklangani”ni ma’lum qildi.
Tashuvchiga ko‘ra, nosozlik sabab “uchish jadvaliga o‘zgartish kiritilishi — parvoz vaqti ko‘chirilishi, shuningdek butun marshrut tarmog‘i bo‘yicha ayrim reyslar bekor qilinishi ham mumkin”. Bron qilish tizimidagi muammolar haqida “Pobeda”, Azur Air, “Ijavia”, “Uralskiye avialinii”, “Yamal”, “Iraero”, “Ruslayn”, NordStar, “Severstal Avia”, shuningdek Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi ham bildirgan. Tashuvchilar aeroportlarda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish qo‘lda amalga oshirilganini qayd etgan.
Keyinroq “Aeroflot” va boshqa kompaniyalar Leonardo tizimi ishi tiklanganini xabar qildi. “Aeroflot”ning Telegram-kanalida: “Hozirgi paytda yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiptalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va qaytarish, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ‘Aeroflot’ning barcha savdo kanallarida mavjud”, — deb yozilgan.
Turoperatorlar assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Leonardo tizimidan 60 tadan ortiq aviakompaniya foydalanadi, ular orasida xorijiy “Belavia” va Conviasa ham bor. Rossiyada aviachipta bronlarining 80–90 foiz qismi shu tizim orqali o‘tadi. 2023 yil sentabrda Leonardo'dagi yirik nosozlikdan keyin “Rostex” bunga chet eldan qilingan ommaviy DDoS-hujum sabab bo‘lganini bildirgan.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026