Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi
O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining yangi rahbariyati mamlakatda ushbu sport turining ommaviyligini oshirish, yoshlarni karatega yanada qiziqtirish yo‘lida islohotlarni boshlab yuborgan. Bungacha Samarqand viloyati karate federatsiyasida konferensiya tashkil qilinib, yuzaga kelgan muammolar, kamchiliklar ko‘tarilgan va yakunda viloyat karate federatsiyasiga yangi rahbar tayinlangandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining tashabbusi bilan sakkiz yildan buyon faoliyati to‘xtab qolgan Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi va yana faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish lozimki, o‘z vaqtida mazkur federatsiya o‘zbek karatesining asosiy bo‘g‘ini hisoblanardi, ammo so‘nggi sakkiz yilda tashkilot faoliyati to‘xtab qolgandi.
Qayta jonlantirilgan federatsiyaga Alijon Hamroyev rais etib saylandi. Qahramon Dehqonov va Doniyor Qurbonboyevlar rais o‘rinbosari lavozimida ish olib boradilar. Husniddin Sopiyev esa Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurxon Nafasov O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026