Bugun, 16 may kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi majlislar zalida Özbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan taşqari saylov Konferentsiyasi bölib ötdi. 

Konferentsiyada federatsiya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boşqarib, qator yutuqlarga erişgan mutaxassis, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi, qora belboğ 6-DAN sohibi Nurxon Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya iştirokçilari uşbu nomzodni bir ovozdan qöllab quvvatlaşdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan söng yana Özbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Foto: Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi

N.Nafasovga qisqa fursat içida federatsiya faoliyatini tubdan isloh qiliş, iqtidorli sportçilar tayyorlaş tizimini yaratiş, terma jamoa tarkibida raqobatni kuçaytiriş, murabbiylar malakasini oşiriş, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz şarafini munosib himoya qila oladigan sportçilarni tarbiyalaş vazifasi yuklatildi.