Sport | 14:26 / 06.06.2018
17701
2 daqiqa o‘qiladi

Messiga tahdidlar Isroil - Argentina bahsining bekor qilinishiga sabab bo‘ldi

Foto: JUAN MABROMATA/AFP

Isroil va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Lionel Messiga qilingan tahdidlar tufayli bekor qilindi, deb yozadi The Jerusalem Post.

«Messi o‘lim tahdidini olgach, boshqa futbolchilar uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, o‘yinda ishtirok etishni istamadilar. Isroillik sportchilar va mamlakat aholisi uchun bunday tahdidlar yangilik emas. Biz Argentina sporti yulduzlaridan birini o‘z uyimizda ko‘rish imkoniyatini kutib qolamiz» - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Falastin futbol federatsiyasi rahbari Jibril Rajab arab va musulmon muxlislarini agar Isroilga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, Messi futbolkalarini yoqishga chaqirgan edi.

Bundan tashqari, falastinlik fanatlar guruhi Argentina terma jamoasi qarorgohi oldida namoyish uyushtirib, Isroilga qarshi o‘yindan voz kechishni talab qilishgan edi.

Endi «albiseleste» bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli jahon chempionatidan oldin yana bir o‘rtoqlik o‘yini uchun raqib izlash ustida bosh qotirmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid