Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ni yana sobiq futbolchisi boshqarishi mumkin
Foto: Reuters
«Real»ning sobiq himoyachisi Fernando Yyerro klub bosh murabbiyi qilib tayinlanishi mumkin. Avvaliga Zidandan bo‘sh qolgan o‘ringa Guti asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi.
As xabariga ko‘ra, Madrid jamoasi bosh murabbiyligi uchun endi «Real»ning boshqa sobiq futbolchilari Fernando Yyerro va Michel Gonsales ham da'vogar. Ayni vaqtga kelib Maurisio Pochettino, Yoaxim Lev, Massimiliano Allegri, Yurgen Klopp va Yulian Nagelsmann kabi mutaxassislar «Real»ga rad javobini berishgan.
Ayni paytda Yyerro Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasida sport direktori bo‘lib ishlayapti. Ammo, mutaxassis «Real»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Yyerro 2014-15 yilgi mavsumda «Real»da Karlo Anchelottining yordamchisi bo‘lib ishlagan edi. Bundan tashqari, «Real Ovedo» klubida bosh murabbiy bo‘lgan.
Michel «Real Kastilya»ni 2006/07 yilgi mavsumda boshqargan. Ushbu ispaniyalik mutaxassisning oxirgi ish joyi «Malaga» bo‘lgandi, uning jamoasi 2017/18 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Segundaga yo‘l oldi.
31 may kuni Zinedin Zidan «Real» bosh murabbiyligidan ketayotgani haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026