08:21 / 06.06.2018
19694

Ruhoniy timsoh hujumidan keyin jon berdi

Foto: Warren Little/Getty Images

Efiopiya janubida timsoh ommaviy cho‘qintirish marosimini o‘tkazayotgan ruhoniyga hamla qilgan.

Pastor Doxo Eshete Abaya ko‘li suviga tushib, birinchi xudojo‘yni cho‘qintirib bo‘lishi bilan unga timsoh tashlangan. Timsoh ruhoniyning qo‘l-oyoqlari, bellarini tishlab tashlagan. Odamlarning ruhoniyga yordam berishga barcha urinishlari besamar ketgan. Natijada ruhoniy jon bergan.

Baliqchilar timsoh ruhoniyning jasadini olib keta olmasligi uchun to‘r tashlashgan. Timsoh qochib ketgan. 

Mavzuga oid
Top