Jahon | 09:57 / 08.06.2018
7081
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Mey G7 sammitida uchrashmaydi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey «katta yettilik» sammiti doirasida rasmiy muzokaralar o‘tkazmaydi. Bu haqda Reuters Mey vakilining bayonotiga asosan xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Mey G7 davlatlarining barcha yetakchilari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi, biroq Tramp bilan ko‘rishmaydi. Ammo, vakilning ta'kidlashicha, bosh vazir AQSh prezidenti bilan norasmiy tarzda ham uchrashishi ehtimoli bor.

«Katta yettilik» davlatlari yetakchilari AQSh po‘lat va alyuminiy importiga yangi bojlar joriy etganidan so‘ng, Tramp bilan ilk bora shaxsan uchrashishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp G7 sammitini belgilanganidan oldin tark etishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid