Jahon | 12:04 / 09.06.2018
7206
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing AQSh harbiy-dengiz kuchlariga 18ta qiruvchi yetkazib beradi

Foto: commons.wikimedia.org

Boeing kompaniyasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari uchun 18ta F-18 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha tanlovda g‘alaba qozondi. Bu haqda Pentagon matbuot xabarnomasida aytilgan.

"Boeing kompaniyasiga 15ta F/A-18E qiruvchi bombardimonchisi va uchta F/A-18 qiruvchisini yetkazib berish uchun 862 mln 249 ming dollar taqdim etiladi", - deyiladi xabarda.

Qiruvchilarni qurish bo‘yicha ishlarni bajarishga oid taxminiy muddat - 2020 yil.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh flotida endi «kema qotillari» borligi xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid