AQŞ floti yangi «kemalar qotillari»ni oldi - Yevropada işlab çiqarilgan, kemalarga qarşi uzoq masofaga möljallangan raketalar. Bu haqda Defense News xabar qilmoqda.
Tanlov davomida Norvegiyaning Kongsberg Defence Systems kompaniyasi tomonidan yaratilgan va Kongsberg konsorsiumi hamda Amerikaning Raytheon korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan NSM raketasi tanlandi. Amerika kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan qurollar - Lockheed Martin’dan AGM-158C LRASM (Long-Range Anti-Ship Missile, kemalarga qarşi uzoq masofalarga möljallangan raketa) va Boeing tomonidan işlab çiqilgan «Garpun» tanlovdan çiqib ketdi.
Şartnomaning dastlabki qiymati 14 mln dollarni taşkil etadi. Kelişuv amalga oşirilişining butun davri davomida bu summa 848 mln dollarga qadar kötarilişi mumkin.
Bmpd blogining yozişiça, NSM raketasi LCS loyihasi jangovar kemalarida qöllaniladi, ularni hammasi bölib 32ta yaratiş möljallangan. Ulardan har biri uzoq masofalarga möljallangan ikkitadan tört konteynerli uçiriş qurilmasiga ega böladi. AQŞ harbiy-dengiz kuçlari 2020-2022 yillar davomida hammasi bölib yiliga 12tadan, 2023 yilda esa - birdaniga 20ta kemalarga qarşi yangi raketalar xarid qiliş niyatida.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Rossiya va AQŞ suv osti kemalarini taqqoslagandi.











