Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi falastinlik 4 shaxsni o‘ldirdi, 618 kishi jarohat oldi
Foto: REUTERS/Ibraheem Abu Mustafa
G‘azo sektorida Isroil armiyasi bilan yuz bergan to‘qnashuvlar davomida falastinlik to‘rt shaxs halok bo‘ldi, yana 618 inson jarohat oldi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Kidraga asosan xabar bermoqda.
«G‘azoning sharqiy chegaralarida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida falastinlik to‘rt shaxs halok bo‘ldi, yana 618 nafar falastinlik jarohat oldi, ular orasida sakkiz kishi og‘ir jarohat olgan», - deya aytib o‘tdi matbuot kotibi.
Isroillik harbiylar hisob-kitoblariga ko‘ra, mintaqadagi norozilik namoyishida taxminan 10 ming falastinlik ishtirok etmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar shinalarni yoqishmoqda, toshlar va qo‘lbola portlovchi qurilmalarni otishmoqda, shuningdek, osmonga yoqib yuborgan varraklarni uchirib, chegaraning qarama-qarshi tomonida yong‘inlar yuzaga keltirishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq isroillik harbiylar falastinlik hamshirani o‘ldirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:54 / 01.01.2026
Isroil o‘nlab notijorat nodavlat tashkilotlariga G‘azoda ishlashni taqiqladi
11:44 / 30.12.2025
HAMAS G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025