1 iyun kuni Ğazo sektorida HAMAS vakillari va Isroil armiyasi örtasidagi töqnaşuvlar vaqtida falastinlik hamşira Razan al-Najar halok böldi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Ta'kidlanişiça, 21 yoşli köngilli hamşira Xan-Yunus şahridan şarqdagi çegaraoldi tösiği yonida jarohatlanganlarga yordam bermoqçi bölganida öldirilgan.

Voqeaga guvoh bölganlarning ma'lumotiga köra, Najar oq rangdagi maxsus kiyimda bölgan hamda isroillik askarlar unga öq uzişidan avval qöllarini tepaga kötargan.

Razan al-Najar
Foto: REUTERS/Ibraheem Abu Mustafa

Avvalroq, isroillik harbiylar merganlar faqat tahdid solgan odamlarni öqqa tutgani, biroq daydi öqlar ham bölgani haqida xabar bergandi.

Isroil armiyasining alohida bayonotida aytilişiça, hujum falastinliklarning çegaradagi beşta joyda namoyişlari kuçayganiga javoban amalga oşirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ falastinliklarga yordam böyiça rezolyutsiyaga veto qöyiş bilan tahdid qilgandi.