Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin xitoycha taom tayyorladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan uchrashuv doirasida Xitoy oshxonasi taomini o‘zi tayyorlab ko‘rdi. Bu haqda Xitoyning SSTV telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Putin va Si Tszinpin tyantszin delikatesini, xususan, chuchvaralarni eslatuvchi goubula mahalliy taomini tayyorlashgan. Xitoy delegatsiyasi vakillaridan biri Putinning tayyorlagan taomini baholash jarayonida katta barmog‘ini tepaga ham ko‘targan.
Shuningdek, xabar qilinishicha, mamlakatlar yetakchilari qiyma solingan blinlarni eslatuvchi taomni ham tatib ko‘rgan. Tyantszin «blinlari» go‘sht va sabzavotlardan iborat bo‘lib, bunday taom Xitoyning ko‘plab shaharlarida an'anaviy ravishda nonushtaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Tszinpindan jahon yetakchilari orasida birinchi bo‘lib Xitoy do‘stlik ordenini olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026