Jahon | 13:46 / 09.06.2018
15796
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy Rossiyani yadroviy bitim bo‘yicha «jiddiy muloqotga» chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, Tehron va Moskva AQShning yadroviy bitimdan chiqishi munosabati bilan «jiddiy muloqot» o‘rnatishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ruhoniy bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv davomida aytib o‘tgan.

«AQShning bu bitimlardan noqonuniy chiqishiga keladigan bo‘lsak, bu yerda mamlakatlarimiz o‘rtasida jiddiy va muhim muloqotni o‘rnatish zarurati kelib chiqdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Ruhoniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadroviy kelishuvlarni amalga oshirishda konstruktiv va muhim o‘rin tutdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush FIFAga iltimos bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid