Jahon | 18:02 / 09.06.2018
19827
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning Rossiyani G8’ga qaytarish bo‘yicha bayonoti nega g‘alati ekani aytildi

Foto: Christinne Muschi/Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani G8 shakliga qaytarish bo‘yicha bayonotlari bir necha sababga ko‘ra hayratlanarli, deb yozmoqda The Atlantic.

Birinchisi - Tramp AQSh sobiq prezident Barak Obama rahbarligi paytida qabul qilgan qarordan uzoqlashmoqda.

Ikkinchidan, deya ta'kidlaydi Atlantic, Trampning bayonoti Rossiyaning AQShda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishlari davomida berildi. Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga aralashganini hamda Moskva Tramp saylovoldi shtabi bilan til biriktirganligi bo‘yicha ayblovlarni rad etmoqda. 

Uchinchi sabab - ehtimol, eng asosiysi - «Rossiyaning xatti-harakati» 2014 yilda Qrim qo‘shib olinganidan so‘ng o‘zgarmadi.

Boshqa davlatlar Trampning Rossiyani G8’ga qaytarish bo‘yicha chaqirig‘ini rad etishiga qaramay, «katta yettilikda» parchalanish kuzatilmoqda, deya ta'kidlaydi nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Trampga «ishonayotgan» yagona yetakchini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid