Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ rahbari Donald Trampga işonişi mumkin bölgan jahondagi yagona yetakçi sanaladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Rossiyada hozirgi vaqtda xursand böliş uçun köplab sabablar bor. Ulardan biri - «Donald Trampning iltifoti», deya ta'kidlaydi telekanal. U AQŞ prezidentining Rossiyani G8’ga qaytariş niyatida ekaniga oid bayonotini nazarda tutgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp har bir qadamda Qöşma Ştatlar işonçsiz ittifoqçi va endi qolgan dunyo bilan işi yöq bölgan davlat ekanini körsatmoqda, deb hisoblaydi CNN.

Hozirgi vaqtga qadar AQŞ hukumatining manbalaridan biri öz ittifoqçilari kuçini qöllaş edi - AQŞ bilan «demokratiya, erkin savdo, inson huquqlari va şaxsga hurmat böyiça ideallarga oid umumiy pozitsiyaga ega» davlatlarni. AQŞ rahbari Donald Tramp bu davlatlar va ideallardan uzoqlaşib, Vladimir Putinga öziga xos yordam bermoqda, deya qayd etgan telekanal.

Materialda aytilişiça, Trampning bunday xatti-harakatlari AQŞni kuçsizlantirmoqda hamda uning raqiblari - Rossiya va Xitoyni mustahkamlamoqda.

Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin özini Yevropadagi işonçli savdo şerigi sifatida körsatib, «yevropalik populistlar muvaffaqiyatida çömilmoqda», deyiladi CNN’da.

Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Putin Moskva Vaşington bilan munosabatlarni normallaştirişga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.