Jahon | 20:20 / 11.06.2018
5390
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi 

Afg‘oniston poytaxti Kobulda xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ko‘proq odam yaralandi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.      

Ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi Kobulning Dorulomon tumanida mahalliy vaqt bilan soat 13larda shaharlarni tiklash va mamlakatni rivojlantirish vazirligi binosi yaqinida o‘zini portlatgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida vazirlik xodimlari binoni tark etayotgan bo‘lganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid