Tramp Yevroittifoq savdoda «Xitoydan ham battar ekanini» aytgan
AQSh prezidenti Donald Trampning Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan yakkama yakka suhbat davomida ma'lum qilishicha, Yevroittifoq savdo sohasida «Xitoydan ham yomondir».
Bu haqda Axios manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, bu suhbat Makronning Oq uyga 24 aprel kungi tashrifi vaqtida yuz bergan.
«Keling hamkorlik qilamiz, bizda umumiy muammo bor - Xitoy», - deya aytib o‘tgan Fransiya rahbari AQSh prezidenti bilan savdoni muhokama qilib.
Tramp esa bunga javoban Yevropa ittifoqi «Xitoydan ham yomon ekanini» ma'lum qilgan.
Portalning ko‘rsatishicha, Amerika yetakchisi shundan so‘ng Makronga Germaniyadan AQShga avtomobillar eksporti haqida gapira boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashuvni nega bekor qilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
08:20 / 18.09.2024
Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
11:16 / 12.09.2024
Yevroittifoq Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyor
15:53 / 10.09.2024