Jahon | 09:04 / 12.06.2018
30644
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Putinga tabrik yo‘lladi

Foto: Edgar Su/Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya Kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan e'lon qilingan.

Ta'kidlanishicha, Kim Chen In rossiyaliklarga farovonlik va yaxshi hayot, Putinga esa - mas'uliyatli ishida muvaffaqiyatlar tilagan.

«Rossiya xalqi Putinning rahbarligi ostida kuchli Rossiyani qurishda muvaffaqiyatga erishdi, ular barcha chaqiriqlar va qiyinchiliklarni yengib o‘tishdi», - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, KXDR yetakchisining ishonch bildirishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning AQSh va KXDR sammitiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid