Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX raketalar parvozi uchun o‘z maydonini qurmoqchi
Foto: RIA Novosti / SpaceX Flickr
SpaceX kompaniyasi NASA koinot agentligiga Floridadagi Kennedi nomidagi koinot markazi hududida raketalar parvozi uchun maydoncha qurishga ariza berdi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya amaldagi sayyohlik markazidan 1,5 km shimolda 27 gektardan ko‘proq yerni o‘zlashtirmoqchi. Bu yerda 12 ming kvadrat metrdan ko‘proq maydonga ega angar qurilmoqchi. Angarda raketalarning tezlashtirgichlari va yuqori pog‘onalarini takroran ishlatish uchun tiklash hamda raketalarni yig‘ish va uchirishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Shuningdek, 200 ta avtomobil uchun avtoturargoh, xavfsizlik xizmati uchun bino va “Raketalar bog‘i” barpo etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, hududda 90 metrlik futuristik minora qurish rejalashtirilgan. Minorada parvozlarni nazorat qilish va boshqarish markazi, yuqori martabali mehmonlar uchun VIP-hudud, muhandislik xonalari va anjumanlar zallari joylashadi.
Koinot agentligi rahbariyati bu loyihaga qiziqish bildirgan. Bu loyiha markazni nafaqat NASA’ga, balki ko‘plab boshqa tijoriy foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi kosmodromga aylantirish rejasiga mos keladi.
Kennedi nomidagi koinot markazi koinot qurilmalari va parvozlarni boshqarish uchun inshootlar majmuasi bo‘lib, Floridadagi Merritt orolida joylashgan. Markazning uzunligi 55 kmni, eni 10 kmni, egallab turgan maydoni 567 kvadrat kmni tashkil qiladi. Hozirda markazning faqatgina 9 foizidan tegishli ravishda foydalaniladi, qolgan qismi esa o‘zidan yovvoyi tabiat qo‘riqxonasini aks ettiradi.
Mavzuga oid
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026