BMT Bosh assambleyasi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini qoraladi

Foto: Mohammed Abed / AFP
BMT Bosh assambleyasi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat 120 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, sakkiztasi qarshi ovoz berdi, 45tasi - betaraf qoldi. Ta'kidlanishicha, qabul qilingan rezolyutsiya loyihasi AQSh BMT Xavfsizlik kengashida qabul qilinishini bloklab qo‘ygan hujjatga o‘xshashdir.
Rezolyutsiya Isroildan Falastin tinch aholisiga qarshi «o‘ta kuchli, noproporsional va tanlovsiz» kuchni qo‘llashdan tiyilishni talab qiladi.
Bundan tashqari, BMT Bosh assambleyasi mintaqada «darhol, mustahkam va to‘la rioya etiluvchi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini ta'minlash uchun tezkor harakatlarga» chaqiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi falastinlik 4 shaxsni o‘ldirgani, 618 kishi jarohat olgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:23 / 30.03.2025
Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha yangi taklifni qabul qildi

13:09 / 29.03.2025
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

10:11 / 28.03.2025
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi

08:05 / 28.03.2025