Ğazo sektorida Isroil armiyasi bilan yuz bergan töqnaşuvlar davomida falastinlik tört şaxs halok böldi, yana 618 inson jarohat oldi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Aşraf al-Kidraga asosan xabar bermoqda.

«Ğazoning şarqiy çegaralarida yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida falastinlik tört şaxs halok böldi, yana 618 nafar falastinlik jarohat oldi, ular orasida sakkiz kişi oğir jarohat olgan», - deya aytib ötdi matbuot kotibi.

Isroillik harbiylar hisob-kitoblariga köra, mintaqadagi norozilik namoyişida taxminan 10 ming falastinlik iştirok etmoqda. Ularning sözlariga köra, namoyişçilar şinalarni yoqişmoqda, toşlar va qölbola portlovçi qurilmalarni otişmoqda, şuningdek, osmonga yoqib yuborgan varraklarni uçirib, çegaraning qarama-qarşi tomonida yonğinlar yuzaga keltirişmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq isroillik harbiylar falastinlik hamşirani öldirgani xabar berilgandi.