Jahon | 08:43 / 14.06.2018
7095
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Janubiy Koreyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketmoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning xabar berishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Janubiy Koreyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni muhokama qilmagan. Bu haqda u Fox News’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Men Janubiy Koreyadan qo‘shinlarni tezroq olib chiqishni xohlayman, sababi bu biz uchun juda qimmatga tushmoqda. Men ularni uyga qaytarishni istayman. Men buni xohlayman, ammo hozircha bu masala kun tartibida emas. Vaqti kelganda - hammasi bo‘ladi», - dedi AQSh prezidenti.

Telekanalning ta'kidlashicha, Janubiy Koreyada hozirgi vaqtda amerikalik 28,5 ming askar bor.

«Bu muhokama qilinmadi. Mening ishonchim komilki, Kim Chen In ham shuni istamoqda. Ammo bu muhokama etilmadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp dunyo yadro halokatidan bir qadam uzoqlashgani haqida aytgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid