Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: dunyo yadro halokatidan bir qadam uzoqlashdi
AQSh prezidenti Donald Trampning Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha tvitterda yozishicha, dunyo ehtimoliy yadro halokatidan «bir qadam» uzoqlashdi.
«Endi hech qanday raketalar uchirilmaydi, yadroviy sinovlar o‘tkazilmaydi va bu boradagi ishlanmalar amalga oshirilmaydi!», - deya yozgan Tramp.
Shuningdek, u Kim Chen Inga «tarixiy» kun uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDRdagi raketa poligoni buzib tashlanganini tasdiqlagandi. Uning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati raketa dvigatellarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha poligonni buzib tashladi hamda u yerda sinovdan o‘tkazilgan raketalarni yaqin vaqt ichida yo‘q qilib tashlaydi.
Keyinchalik u Kim Chen Inni alomat yigit, deb atadi.