Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In telefon raqamlari bilan bo‘lishishgan
Foto: KCNA / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga o‘zining mobil telefoni raqamini bergan. Bu haqda Trampning o‘zi Vashingtonda jurnalistlarga ma'lum qilgan.
Trampning aytishicha, u buni agar zarur bo‘lsa Kim u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lana olishi uchun qilgan. “Endi u biror-bir muammoga ega bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, men esa unga”, deb aytgan Tramp. Trampning aytishicha, u 17 iyunda Kim Chen In bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi.
Tramp jurnalistlarning savollariga javob berish davomida yadroviy urush boshlanishini istamasligi sababli Pxenyanga inson huquqlariga amal qilinishi masalasi bo‘yicha bosim o‘tkazmayotganini ma'lum qilgan. “Chunki men yadro quroli sizni va sizning oilangizni yo‘l qilayotganini ko‘rishni istamayman. Agar biz urushsak, millionlab odamlar halok bo‘lardi”, deb aytgan Tramp.
May oyida Tramp ma'lumotlarni himoyalashning zamonaviy vositalari bo‘lmagan mobil telefondan foydalanishi ma'lum qilingandi. Bir yil avval esa Tramp tanishishga ulgurgan hamkasblariga o‘z telefon raqamini bergani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026