Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri KXDR bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tashkil etilishini xohlamoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Shimoliy Koreya yadrosizlanishini moliyalashtirish uchun xalqaro jamg‘arma tashkil etilishini xohlaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Abe xalqaro hamjamiyat Koreya yarim orolining butunlay yadrosizlanishini moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan tuzilma tashkil etilishi mumkin ekanini istisno qilmagan.
Ta'kidlanishicha, bosh vazir KXDRning yadro qurolidan voz kechish mexanizmi tashkil qilinishini ham xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Singapurdagi sammitdan so‘ng darhol KXDRga yetib borgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:44
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:27 / 09.06.2026